AdScreenLoop โ do'kon va binolardagi monitorlarda video reklamalarni uzluksiz aylantiruvchi tarmoq. Videolar markazdan boshqariladi, internet uzilsa ham ijro to'xtamaydi.
Ekranlari bor, lekin tizimi yo'q joylarda har kuni shu holat takrorlanadi.
Har video almashtirish uchun kimdir borib, fleshkani qadashi kerak.
Ekran o'chib qolganini mijoz aytmaguncha bilmaysiz.
Yangi aksiya reklamasini barcha nuqtalarga yetkazish kunlab cho'ziladi.
Reklama beruvchiga "necha marta ko'rsatildi" deb ayta olmaysiz.
Video panelga yuklanadi โ bir daqiqada barcha kerakli ekranlarga tarqaydi.
Qaysi monitor online, nima ijro etilyapti โ dashboardda real vaqtda.
Yangi kontent butun tarmoqqa bir necha daqiqada chiqadi.
Har bir video qachon, qayerda, necha marta aylangan โ aniq raqamlar bilan.
Tizim reklama tarmog'ini boshqarish uchun kerak bo'lgan hamma narsani qamrab oladi.
Videolar qurilmaga oldindan yuklab olinadi. Internet uzilganda ham reklama aylanaveradi.
Har bir monitor online yoki yo'qligini, qaysi video ijro etilayotganini real vaqtda ko'rasiz.
Keyingi video, pauza, ovoz, playlist yangilash โ hammasi admin paneldan bitta tugma bilan.
Qaysi video, qaysi monitorda, necha marta ko'rsatilgani โ CSV hisobotlar bilan.
Yangi ekran 1 daqiqada tarmoqqa qo'shiladi: ilova kod ko'rsatadi, panelda kiritasiz โ tayyor.
Ilova o'zini havodan yangilaydi (OTA), kiosk rejimida ishlaydi โ ekranga tegib buzib bo'lmaydi.
Video tayyorlamasdan menyu yoki jadval doskasini panelda yasaysiz. Narx o'zgarsa โ bir joyda tahrirlaysiz, hamma ekranda yangilanadi.
Har bir to'plamni kun va soat bo'yicha rejalashtiring: ish kunlari bir xil, dam olish kunlari boshqa reklama aylanadi.
Mobil ilova orqali ekranlarni yo'lda turib ko'rasiz va boshqarasiz โ kompyuter oldiga o'tirish shart emas.
Qutida bizning agent fon rejimida ishlaydi va ekranni o'zi tirik saqlaydi. Yuzlab nuqtaga xizmatchi yuborish kerak emas.
Yangi versiya chiqqanda agent o'rnatishni o'zi tasdiqlab, ilovani qayta ochadi. Qutiga hech kim bormaydi.
Pleyer biror sababga ko'ra yopilsa yoki quti qayta yuklansa, agent uni bir necha soniyada qayta ochadi โ ekran bo'sh turmaydi.
Quti qotib qolsa, paneldan bir bosishda qayta yuklaysiz. Joyiga borish shart emas.
Tizim 1000 ta ekran bilan yuklama sinovidan o'tkazilgan โ tarmoq o'sganda ham bir xil ishlaydi.
Ekran bor har qanday joyda AdScreenLoop ishlaydi.
Android TV box'dagi Monitor App ochilishi bilan ekranda 6 xonali kod chiqadi.
Admin panelda "Kod bilan qo'shish" bosiladi โ qurilma bir necha soniyada tarmoqqa ulanadi.
Videolar biriktiriladi, qurilma ularni yuklab olib uzluksiz aylantiradi va hisobot yuboradi.
Ekran soniga qarab oddiy narxlash. Boshlash uchun karta ham shart emas.
Do'koningizga monitor o'rnatish yoki reklamangizni tarmoqda joylash uchun bog'laning.